Dars ishlanmalar

  1. Mavzu:Songa 3 ni qo’shish va sondan 3 ni ayrish. -> 
    Darsning texnologik xaritasi
    Mavzu: Songa 3 ni qo’shish va sondan 3 ni ayrish.
    Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Songa 3 ni qo’shish va sondan 3 ni ayrish.
    Soatlar soni: 1 soat.
    Mavzuning qisqacha mazmuni: songa uchni qo’sha olish,sondan uchni ayira olish.
    O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
    Metod: Suhbat, mustaqil ishlash, o’yin.
    Shakl: Guruh bilan ishlash.
    Jihoz: Darslik, mavzuga doir plakatlar.
    Nazorat: Uy vazifasini tekshirish, og’zaki so’rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.
    Baholash: Uy vazifalarining bajarilishi, mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o’quvchilar baholanadi.Darsning maqsadlari
    a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga songa 3 ni qo’shish va sondan 3 ni ayrishga doir bilimlarni tushuntirish, misollar ishlatish;
    b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni tejamkor, tadbirkor, vatanga va ona tabiatga nisbatan mehr-muhabbat tuyg’ulari bilan tarbiyalash;
    c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni mustaqil va erkin fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish, mantiqiy tafakkurini kuchaytirish.Kutilayotgan natijalar
    Songa 3 ni qo’shishni va sondan 3 ni ayirishni og’zaki bajara oladilar. Masalalarni to’g’ri yecha oladilar……..

  2. Mavzu:50 dan 59 gacha bo’lgan sonlar ->
    Fan: Matematika
    Sinf: 1- “B”sinf
    Dars mavzusi: 50 dan 59 gacha bo’lgan sonlar
    Darsning maqsadlari:
    a) ta`limiy: O’quvchilarga 50 dan 59 gacha sonlar haqida tushuncha berish,ikki xonali sonlar haqidagi bilimlarini boyitish
    b) tarbiyaviy:O’quvchilarga tabiatni sevishga ,uning go’zalligini asrashga chaqirish
    c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini va matematik tafakkurini o’stirish,olingan bilim va malakalarini kundalik hayotda foydalanish.
    Dars uslubi: Interfaol, aralash.
    Darsning shakli:noan’anaviy
    Dars jihozlari:darslik, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar,multimedia ilovalari.
    Darsning borishi
    I. Tashkiliy qism
    O’quvchilar bilan salomlashish.
    Kattalarga doimo
    Ko’rsatamiz ehtirom.
    O’qish uchun doimo
    Kerak bo’ladi intizom.
    Katta bo’lib qolamiz,
    O’tib yil, o’tib soat.
    Yeng shimarib qilaylik,
    Erinmasdan ko’p mehnat.
    O’qituvchi: Qani bolajonlarim,
    Bugun hamma sog’lommi?
    Darsimizga tayyormi?
    O’quvchilar: Ustoz bizlar sog’lommiz
    Darsga doim tayyormiz.
    O’qituvchi: Kim bugun navbatchi
    Ham ustozga ko’makchi
    O’quvchi: Sinfda men navbatchi
    Tayyor barcha o’quvchiMatematika fanlar ichra shoh, Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh.Dars shiori:
    “O’rgan – o’rgatish” shiori
    Boshlang’ich poydevori
    “Sog’lom tanda sog’ aql”
    Biz doim bunga kafil
    O’qituvchi: Bu yil Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan qanday yil deb nomlandi?
    O’quvchi: Bu yil 2016-yilni Prezidentimiz tomonidan “Sog’lom ona va bola ” yili deb nomlandi.
    O’qituvchi: Darsimizni boshlashdan oldin darsimizning oltin qoidalarini eslab olaylik.
    Oltin qoidalar
    Faollik, Intizom, Ahillik, Do’stlik
    O’ng qo’l qoidasi
    O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi va
    Bilimdonlar
    Zukkolar
    Donolar
    ………..